
Ta’lim
Maxsus pedagog va o‘qituvchi bolaning o‘quv ko‘nikmalarini baholaydi va mashg‘ulot o‘tkazadi.
- O‘quv natijalari mezonlar bo‘yicha
- Mashg‘ulotlar jadvali va davomat
- Imkoniyat profiliga mos topshiriqlar
Individ alohida ta’lim ehtiyojli bolalar bilan ishlaydigan maktab mutaxassislari uchun yaratilgan. Baholash, individual ta’lim rejasi, mashg‘ulotlar va bolaning o‘sishi bitta platformada yuritiladi.


Individ veb-sayt va Android ilovasi ko‘rinishida ishlaydi. Xodim bitta login bilan kiradi, ma’lumotlar serverda saqlanadi va ikkala qurilmada bir xil ko‘rinadi.
Har bir yo‘nalish o‘z mutaxassisiga ega, lekin hammasi bitta bola sahifasida uchrashadi.

Maxsus pedagog va o‘qituvchi bolaning o‘quv ko‘nikmalarini baholaydi va mashg‘ulot o‘tkazadi.

Psixolog diqqat, xotira va hissiy holatni metodikalar asosida o‘rganadi va kuzatuvni yozib boradi.

Har bir baholash natijasi oldingisi bilan solishtiriladi va bolaning holati rang bilan belgilanadi.

Baholash asosida bolaning yillik maqsadi va qisqa maqsadlari belgilanadi, bajarilishi kuzatiladi.
Alohida ta’lim ehtiyojli bola bilan bir nechta mutaxassis ishlaydi. Ilgari har biri o‘z daftarini yuritardi: natijalar tarqoq, bola bir yilda qancha o‘sgani noma’lum edi.
Individ shu ishlarni bitta joyga yig‘adi. Har bir baholash, dars va reja bolaning sahifasida saqlanadi, jamoa bir-birining natijasini ko‘radi.
Har bir bolaning o‘z sahifasi bor. Undagi har bir yozuv shu bolaning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Logoped, psixolog va o‘qituvchi bir-birining natijasini ko‘radi va bolani kerakli mutaxassisga yuboradi.
Qayta baholashda farq avtomatik hisoblanadi. Taxmin emas, aniq raqam ko‘rinadi.
Ma’lumotlari, ta’lim ehtiyoji va vasiylari kiritiladi
Mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha boshlang‘ich holatni o‘lchaydi
Natija asosida ITR rejasi va maqsadlar belgilanadi
Mashg‘ulotlar jadvali, davomat va natijalar yoziladi
Qayta baholashda farq avtomatik hisoblanadi
Mutaxassis bolaning sahifasini ochganda uning profili, baholash tarixi, ITR rejasi, darslari va yuborishlarini bir joyda ko‘radi.
Alohida ta’lim ehtiyojli bola haqidagi ma’lumot eng nozik ma’lumot. Individ uni to‘rt qatlam bilan himoya qiladi.

Ilovadan foydalanmaydi. U haqidagi ma’lumotni faqat maktab mutaxassislari kiritadi

Faqat o‘ziga biriktirilgan bolalarni va ular bilan qilingan ishni ko‘radi

Faqat o‘z muassasasidagi bolalar holatini va hisobotlarini ko‘radi