Maktab logopedi, psixologi va maxsus pedagogi uchun

Har bir bolaning rivojlanishi — bizning ustuvor vazifamiz

Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun baholash, monitoring va individual ta’lim rejasini boshqarish platformasi.

O‘qituvchi bola bilan dars qilmoqda, ikkalasi ham tabassum qilmoqda
Har bir bola uchun alohida reja

Maktabdagi har bir mutaxassis uchun o‘z ish joyi

Individga kirgan xodim faqat o‘z ishiga kerakli bo‘limlarni ko‘radi. Bola haqidagi ma’lumot esa butun jamoa uchun bitta.

Logoped-defektolog

Nutqni baholaydi va mashg‘ulotlarni yuritadi

  • Tovushlar xaritasi
  • Nutq bo‘yicha baholash
  • Dars natijalari

Amaliyotchi psixolog

Diqqat, xotira va hissiy holatni o‘rganadi

  • Metodikalar kutubxonasi
  • Kuzatuv yozuvlari
  • Diagnostika natijasi

Maxsus pedagog

O‘quv ko‘nikmalari bo‘yicha ishlaydi

  • ITR maqsadlari
  • O‘quv natijalari
  • Mashg‘ulotlar jadvali

Sinf rahbari

Bolani kuzatadi va mutaxassisga yuboradi

  • Kuzatuv eslatmalari
  • Mutaxassisga yuborish
  • Vasiylar ma’lumoti

Maktab rahbariyati

Butun maktab bo‘yicha holatni ko‘radi

  • Holatlar xulosasi
  • Jamoa va ruxsatlar
  • Excel hisobot

Mutaxassisning ish kuni qanday o‘tadi

Ertalabki rejadan kechki tahlilgacha hamma narsa bitta platformada. Qog‘oz daftar va alohida jadvallar kerak emas.

Individ noutbuk va telefonda

Kun rejasi

Mutaxassis bugungi mashg‘ulotlar jadvalini va e’tibor kerak bo‘lgan bolalarni ko‘radi

Mashg‘ulotdan keyin bola va mutaxassis qo‘l urishtirib quvonmoqda

Mashg‘ulot

Bola bilan ITR maqsadiga mos dars o‘tkaziladi

Darsdan keyin xursand bola

Natija yoziladi

Dars natijasi va davomat telefondan shu zahoti kiritiladi

Planshetda rivojlanish grafigi

Tahlil

Kun oxirida bolalar holati va o‘sish grafigi ko‘rib chiqiladi

Qaysi bolaga yordam kerakligi darhol ko‘rinadi

Ro‘yxatda har bir bolaning yonida holat belgisi turadi. Mutaxassis ochishi bilan kimdan boshlashni biladi.

  • IshlanmaganSo‘nggi 30 kun ichida bola bilan ish qayd etilmagan
  • E’tibor kerakOxirgi natija pasaygan yoki o‘zgarmay qolgan
  • IjobiySo‘nggi baholashlarda natija yaxshilangan
Bolalar14-sonli maktab, 4 nafar
  • VAValiyev Ali3-A sinf, nutq rivojlanishi—
    34 kun oldin
    Ishlanmagan
  • QMQodirova Madina2-B sinf, nutq rivojlanishi58%
    avval 62%
    E’tibor kerak
  • ASAliyev Sardor4-A sinf, diqqat71%
    avval 48%
    Ijobiy
  • NZNazarova Zarina1-A sinf, o‘quv ko‘nikmalari68%
    avval 55%
    Ijobiy
Kimga yordam kerakligi bir qarashda

Daftardan yagona platformaga

Ilgari

  • Har bir mutaxassis o‘z daftarini yuritadi, natijalar tarqoq
  • Bola bir yilda qancha o‘sgani taxminan aytiladi
  • ITR rejasi qog‘ozda, yangilash qiyin
  • Rahbariyat hisobotni qo‘lda yig‘adi

Individ bilan

  • Bola haqidagi hamma ma’lumot bitta sahifada, jamoaga ko‘rinadi
  • Qayta baholashda farq avtomatik hisoblanadi
  • ITR maqsadlari va bajarilishi doim ko‘z oldida
  • Hisobot bir bosishda Excel faylga tushadi

Darsdan keyin natijani telefondan yozing

Android ilovasi va veb-versiya bitta hisob bilan ishlaydi. Telefonda yozganingiz kompyuterda darhol ko‘rinadi.

  • Bolalar ro‘yxati holat belgilari bilan
  • Baholash va ITR rejasi telefonda ham to‘liq
  • Har kirishda emailga tasdiqlash kodi
9:41
IndividKD
Xush kelibsizKarimova DilnozaLogoped, 14-sonli maktab
Bolalar12
Faol ITR9
Bu oy darslar38
O‘rtacha o‘sish+6 ball
Bolalar holati
  • Ishlanmagan2
  • E’tibor kerak3
  • Ijobiy7
Bugungi darslar
  • ASAliyev SardorQatnashdi
  • QMQodirova MadinaQatnashdi
  • NZNazarova ZarinaRejada
Asosiy

Ko‘p so‘raladigan savollar

Boshqa savollar va birinchi kun uchun qadamlar Yordam sahifasida.

Barcha savollar
Individdan kimlar foydalanadi

Maktab logopedi, defektologi, psixologi, maxsus pedagog, sinf rahbari va rahbariyat. Bolalar va ota-onalar ilovadan foydalanmaydi.

Qanday ro‘yxatdan o‘taman

«Kirish» tugmasini bosing va «Ro‘yxatdan o‘tish»ni tanlang. Ism, maktab, lavozim va emailingizni kiriting, emailga kelgan kod bilan tasdiqlang.

Telefonda ishlaydimi

Ha. Android uchun ilova bor, iPhone va kompyuterda individ.uz saytidan foydalaniladi. Hisob bitta, ma’lumotlar bir xil.

Bu tibbiy tashxis qo‘yadimi

Yo‘q. Individdagi baholash pedagogik kuzatuv. U mutaxassisga bolaning o‘sishini kuzatishga yordam beradi.