Savollarga javoblar
Birinchi kun uchun qadamlar va kirish, bolalar bilan ishlash, baholash, ilova va xavfsizlik bo‘yicha savollar.
Birinchi kun: oltita qadam
Individga yangi kirgan mutaxassis uchun. Har bir qadam bir necha daqiqa oladi.
Ro‘yxatdan o‘ting
individ.uz saytida «Kirish» → «Ro‘yxatdan o‘tish». Ism, maktab, lavozim va emailingizni yozing.
Emailni tasdiqlang
Emailingizga kelgan kodni kiriting. Keyingi kirishlarda ham parol bilan birga kod so‘raladi.
Bolani qo‘shing
«Bolalar» bo‘limida «Bola qo‘shish»: ism-familiya, sinf, ta’lim ehtiyoji va vasiy ma’lumotlari.
Birinchi baholash
Bola sahifasida yangi baholashni oching va har bir mezonni 0 dan 5 gacha belgilang.
ITR rejasini tuzing
Baholash natijasi asosida hozirgi holat, yillik maqsad va qisqa maqsadlarni yozing.
Darsni yozing
Har mashg‘ulotdan keyin natija va davomatni belgilang. Kelmasa — «Qatnashmadi».
Kirish va hisob
Qanday ro‘yxatdan o‘taman
Ro‘yxatdan o‘tish sahifasini oching yoki saytda «Kirish» tugmasini bosib, «Ro‘yxatdan o‘tish»ni tanlang. Ism, maktab, lavozim va emailingizni kiriting. Emailga kelgan kod bilan tasdiqlaysiz.
Emailga kod kelmayapti
«Spam» papkasini tekshiring. Bir daqiqadan keyin «Kodni qayta yuborish» tugmasini bosing. Email to‘g‘ri yozilganini tekshiring.
Parolni unutdim
Kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» havolasini bosing. Emailingizga kod keladi, shu kod bilan yangi parol o‘rnatasiz.
Nega har kirishda kod so‘raladi
Bu himoya uchun. Parol bilan birga emailingizga kelgan kod ham so‘raladi, shuning uchun begona odam parolingizni bilsa ham hisobga kira olmaydi.
Telefonda va kompyuterda bitta hisobmi
Ha. Android ilovasi va veb-versiya bitta hisob bilan ishlaydi. Telefonda yozganingiz kompyuterda darhol ko‘rinadi va aksincha.
Hisobimni qanday o‘chiraman
Ilovada Sozlamalar bo‘limini oching va «Hisobni o‘chirish»ni tanlang. Batafsil: hisobni o‘chirish sahifasi.
Bolalar bilan ishlash
Bolani qanday qo‘shaman
«Bolalar» bo‘limida «Bola qo‘shish» tugmasini bosing. Ism-familiya, sinf, ta’lim ehtiyoji va vasiy ma’lumotlarini kiriting.
Nega ba’zi bolalarni ko‘rmayapman
Har bir mutaxassis faqat o‘ziga biriktirilgan bolalarni ko‘radi. Bolani jamoangizga qo‘shish uchun maktab rahbariyati yoki bolani qo‘shgan hamkasbingizga murojaat qiling.
Bolani boshqa mutaxassisga qanday yuboraman
«Mutaxassisga yuborish» bo‘limida «Bolani yuborish» tugmasini bosing, kimga va nima uchun yuborilishini yozing. Mutaxassis qabul qilib, javob yozadi.
Ota-onalar yoki bolalar ilovadan foydalanadimi
Yo‘q. Individdan faqat maktab mutaxassislari va rahbariyat foydalanadi. Bola haqidagi ma’lumotni mutaxassis kiritadi.
Rangli belgilar nimani bildiradi
Qizil: so‘nggi 30 kun ichida bola bilan ish qayd etilmagan. Sariq: oxirgi natija pasaygan yoki o‘zgarmagan. Yashil: so‘nggi baholashlarda natija yaxshilangan.
Baholash, ITR va darslar
Baholash qanday o‘tkaziladi
Bola sahifasida yangi baholashni oching va har bir mezonni 0 dan 5 gacha belgilang. Jami ball avtomatik hisoblanadi va oldingi baholash bilan solishtiriladi.
ITR rejasini qanday tuzaman
Baholashdan keyin bola sahifasida ITR rejasini oching. Hozirgi holat, yillik maqsad va qisqa maqsadlarni yozing, har biri uchun tekshirish usulini belgilang.
0 dan 5 gacha ball nimani bildiradi
0 — ko‘nikma hali shakllanmagan, 5 — bola buni to‘liq mustaqil bajaradi. Oradagi ballar yordam bilan qisman bajarishni ko‘rsatadi. Jami ball barcha mezonlar yig‘indisidan hisoblanadi.
Qayta baholashda nima o‘zgaradi
Yangi natija oldingi baholash bilan avtomatik solishtiriladi. Bola sahifasida farq ball bilan ko‘rinadi va holat belgisi shunga qarab yangilanadi.
Psixolog metodikalarni qayerdan oladi
Psixolog uchun platformada metodikalar va savollar kutubxonasi bor. Kerakli metodikani tanlab, natijani shu yerda yozadi.
Bu tibbiy tashxis qo‘yadimi
Yo‘q. Individdagi baholash pedagogik kuzatuv. U mutaxassisga bolaning o‘sishini kuzatishga yordam beradi, tashxis qo‘ymaydi.
Bola darsga kelmasa nima qilaman
Mashg‘ulotni oching va «Qatnashmadi» belgisini qo‘ying. Davomat hisobotida bu dars alohida ko‘rinadi.
Ilova va qurilmalar
iPhone uchun ilova bormi
Hozircha ilova Android uchun. iPhone, iPad va kompyuterda brauzerda individ.uz saytini oching va «Kirish»ni bosing. Imkoniyatlar bir xil.
Android ilovasini qayerdan yuklayman
Google Play’dan «Individ» ilovasini o‘rnating. O‘rnatish bo‘yicha batafsil: Mobil ilova sahifasi.
Telefon yo‘qolsa ma’lumot nima bo‘ladi
Bolalar haqidagi ma’lumot telefonda emas, serverda saqlanadi. Telefon yo‘qolsa, ma’lumot u bilan ketmaydi. Boshqa qurilmadan kirib, ishni davom ettirasiz.
Yangi imkoniyatlar qachon qo‘shiladi
Yangi imkoniyatlar ilova va saytga bir vaqtda qo‘shiladi. Ilovani Google Play orqali yangilab turing.
Xavfsizlik va hisobotlar
Ma’lumotlar qayerda saqlanadi
O‘zbekiston hududidagi serverda. Aloqa faqat HTTPS orqali, reklama va uchinchi tomon analitikasi yo‘q.
Bola ma’lumotini kim ko‘radi
Faqat bola bilan ishlaydigan mutaxassislar va muassasa rahbariyati. Boshqa maktab xodimlari ko‘rmaydi.
Rahbariyat nimani ko‘radi
Maktab rahbariyati faqat o‘z muassasasidagi bolalar holatini, mutaxassislar ko‘rsatkichlarini va hisobotlarni ko‘radi. Boshqa maktab ma’lumotlari ko‘rinmaydi.
Hisobotni qanday yuklab olaman
«Hisobotlar» bo‘limida davrni tanlang va «Excel» tugmasini bosing. Fayl kompyuteringizga yuklanadi.
Bunday savol topilmadi. Boshqa so‘z bilan qidiring yoki biz bilan bog‘laning.

